1

Uzoqqa cho`zilmagan eng hashamatli to`y

Rekord 09.11.2017, 10:19
Uzoqqa  cho`zilmagan eng  hashamatli to`y

Metallurgiya magnati va nihoyatda muvaffaqiyatli yosh bankir yakkayu yagona qizi uchun 2004 yili dunyodagi eng hashamatli to`yni tashkillashtirib berdi. Ikki sevishgan yosh Vanisha Mitall va Amit Bshati Hindistonda tug`ilib shu erda voyaga etgan.

Uzoq kutilgan voqeani dabdabali nishonlash uchun eng romantik shahar Parij tanlanadi. Quvonchli marosim bir hafta davom etadi.

Bilasiz, to`y taklifnoma jo`natishdan boshlanadi. Yoshlar ushbu nikoh atributiga juda mas`uliyat bilan yondashib, minglab mehmonlarga taklifnoma va she`rlarni kumush qutichalarda yubordilar. To`y marosimining barcha xarajatlarini kelinning otasi o`z zimmasiga oldi. Bir hafta ichida 72 million dollardan ziyod mablag` sarflandi. Minglab mehmonlar uchun Versal qirollik saroyida ziyofat uyushtirildi. Unda 6 mingdan ziyod turli taomlar va delikateslar dasturxonga tortildi. Vegetarianlar uchun maxsus eguliklar samolyotda Hindistondan olib kelindi. Oqshom syurprizlardan xoli bo`lgani yo`q. Kelinning otasi Lakshmi va uning rafiqasi yoshlar hamda yig`ilganlar uchun muhabbat mavzusidagi sahna ko`rinishini ijro etib berdilar.

Biroq uzoq va baxtli oilaviy turmush uchun boyligu hashamatning o`zi etarli emas. Bunga Vanisha va Amit taqdiri misolida yana bir bor amin bo`lishimiz mumkin. To`qqiz yillik turmushdan so`ng oshiq-ma`shuqlarning ishq qissasi xotima topdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1