AsosiySUG'DIYONA

HAMMAGA ASQATUVChI 4 MASLAHAT

'HAMMAGA ASQATUVChI 4 MASLAHAT'ning rasmi

1 – maslahat:

Mikroto`lqinli pech ichidagi ovqat qoldiqlarini yuvish oson bo`lmayaptimi? Idishga suv solib, mikroto`lqinli pechni eng katta quvvatga, 3 daqiqaga qo`ying. Suvdan chiqqan bug` ta`sirida pechni tozalash bir muncha osonlashadi.

2 – maslahat:

Sayohat yoki safarga otlanganingizda jamadonga kiyimlarni taxlab solsangiz g`ijim bo`lishi mumkin. Shuning uchun ularni«rulet» shaklida o`rang. Shunda kiyimlarga ortiqcha dazmol bosishga hojat qolmaydi.

3 – maslahat:

Bozor yoki do`konga xarid qilishga borishdan avval ovqatlanib oling. Hamda kerakli mahsulotlar ro`yxatini tuzishni unutmang. Bu har ikki holat sizni zarurmas narsalarni sotib olishdan himoyalaydi.

4 – maslahat:

Ba`zan farzandimizning “Nega? Nima uchun? Qanday qilib” kabi savollaridan charchaymiz yoki javob topolmay qolamiz. Vaziyatdan chiqishning oson yo`li: savol berayotgan bolaga «Bu haqida o`zing nima deb o`ylaysan», — deb javob qaytarishdir.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar