GOLLARGA BOY TUR YaKUNLANDI
Futbol bo`yicha O`zbekiston chempionati oliy ligaci 28-turining so`nggi kunida “Nasaf” – “Sho`rtan”, “Paxtakor” – “Olmaliq” va “Qo`qon-1912” – “Bunyodkor” jamoalari o`rtasida bahslar o`tkazildi.
“Qo`qon-1912” va “Bunyodkor” klublari o`rtasidagi uchrashuv gollarga boy bo`ldi. Qo`qonda o`tkazilgan ushbu bahsning 5-daqiqasida Mirjamol Qosimov hisobni ochgan bo`lsa, o`n daqiqa o`tib, mezbonlar futbolchisi Suhrob Berdiev hisobni tenglashtirdi – 1:1.
O`yinning ikkinchi bo`limida bor e`tiborni hujumga qaratgan “Bunyodkor” klubi a`zolari Dilshod Ahmadaliev, Anvar G`ofurov, Otabek Shukurov va Shohrux Gadoev raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 5:1. Uchrashuvning 87 daqiqasida qo`qonliklar uyushtirgan hujum muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu vaziyatda Javohir Siddiqov hisobni qisqartirdi.
Shuningdek, oliy liga bahslarida “Nasaf” o`z maydonida “Sho`rtan”ni 3:0, “Paxtakor” esa “Olmaliq”ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Musobaqa jadvalida “Lokomotiv” 64 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.






