1

Madad-shifo: “TUNDA ELKAM QOTIB QOLADI...”

Salomatlik 10.11.2017, 19:38
Madad-shifo: “TUNDA ELKAM QOTIB QOLADI...”

Kunduzlari bezovtalik yo`q, ammo tunda o`ng elkam qotib qolib, og`riq beradi. O`rnimdan turib, qo`llarimni harakatga keltirmagunimcha ahvolim o`nglanishi qiyin. Nega shunday bo`ladi, siz nima deysiz? Ehtimol bu elka bo`g`imlariga tuz yig`ilishdir yoki boshqa xastalik?

Yulduz Ikromova, Surxondaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Elka mushaklarining qotib qolishi ko`pincha osteoxondroz yoki qon quyilishi holatlarida kuzatiladi. Sizning vaziyatingizda to`liq tibbiy tekshiruvdan o`tish lozim. Magnit rezonans tomografiya tekshiruvi o`tkazilgach, bezovtalik omili aniq bo`lishi mumkin. Agar bu umurtqalararo churra bo`lmasa, uqalash usullari yordamiga suyanish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1