1

Madad-shifo: “KO`Z YoSh KANALI QURIB QOLADIMI?”

Salomatlik 11.11.2017, 12:47
Madad-shifo: “KO`Z YoSh KANALI QURIB QOLADIMI?”

— Bir ko`zim o`z-o`zidan qichishib, har zamon lipillab qolayotgandi. Shifokorga borsam, o`ng ko`z yosh kanali qurib qolgan, deya tomchi dori yozib berdi. Ko`z yosh kanalining qurib qolishi qanday yuz beradi? Keyinchalik ikkinchi ko`zimda ham shunday bo`lishi mumkinmi?

Sarvinoz Qambarova, Toshkent shahri

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

— Ko`z yosh kanali bakteriya va viruslar ta`sirida yopilib yoki torayib qolishi mumkin, ammo butunlay qurib qolmaydi. Dakrioadenit, dakriosistit, ko`z yosh kanali stenozi va ko`z yosh kanali o`tkazuvchanlik xususiyatining yo`qolishi ko`z yosh kanali kasalliklari hisoblanadi. Patologiya tug`ma yoki orttirilgan ko`rinishlarda uchrashi mumkin. Konyunktivit va burun shilliq qavatlarining distrofik o`zgarishlari ham ko`z yosh kanaliga asorat beradi.

Ko`z lipillashiga kelsak, bu ko`proq asab tizimi bilan bog`liq holat. Muammoning kelib chiqish sabablarini bilish uchun nevrolog ko`rigi talab etiladi. Davolovchi shifokoringiz kerakli preparatlarni buyurgan bo`lsa, muolajani oxiriga etkazing. Yo`qsa, bir ko`zdagi o`zgarishlar ikkinchisida ham qaytalanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1