1

​Madad-shifo: “OShQOZONIM IShDAN ChIQDIMIKAN?”

Salomatlik 11.11.2017, 12:54
​Madad-shifo: “OShQOZONIM IShDAN ChIQDIMIKAN?”
— O`n besh kundan beri har tong o`rnimdan qo`zg`alishim bilan ko`nglim behuzur bo`la boshlaydi. Ammo qayt qilmayman, lekin bunga men iste`mol qilgan mahsulotlarning daxli yo`q. Biroq ko`ngil aynishi nimadan? Oshqozonim kasallandimi yoki jigarim?

Oydin Ismatullaeva, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Ertalabki ko`ngil behuzurligi asosan gastrit, xolesistit, kolit va qon bosimi kasalliklarida uchraydi. Shuningdek, me`da faoliyati buzilganida va jigarni yog` bosishida ham bezovtaliklar kelib chiqishi mumkin. Sizga maslahatim, tibbiy ko`rikdan o`ting-da, zarur tahlillarni topshiring. Taomnomada yog`li, achchiq, sho`r, dudlangan, konserva mahsulotlari ishtirok etmasligi muhim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1