AsosiyJamiyat

MARKAZIY OSIYo AHOLISINING 60 FOIZINI YoShLAR TAShKIL ETADI

'MARKAZIY OSIYo AHOLISINING 60 FOIZINI YoShLAR TAShKIL ETADI'ning rasmi

MARKAZIY OSIYo AHOLISINING 60 FOIZINI YoShLAR TAShKIL ETADI

“ – Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlashning ustuvor yo`nalishi – ekstremistik g`oyalarga qarshi qat`iy kurashishdan iboratdir. Ko`pincha hayotga endi qadam qo`yayotgan yoshlar uning ta`siriga tushib qolmoqda, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Samarqand shahrida o`tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so`zlagan nutqida.

– Markaziy Osiyo – aholining yoshi bo`yicha eng “yosh” mintaqalardan biridir: bu erda aholining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi va bu dunyo bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichdan ancha yuqoridir.

Aynan shu maqsadda O`zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yaqinda Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan sessiyasida Yoshlar huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda “Ma`rifat va diniy bag`rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Ushbu tashabbuslarni Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari qo`llab-quvvatlagani yoshlar o`rtasida radikal qarashlar tarqalishining oldini olish, to`g`ri yo`ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitasiya qilish va ularni sog`lom hayotga qaytarishga tayyorligimizning amaldagi yaqqol ifodasi sifatida namoyon bo`ladi.

Bizning tajribamiz shuni ko`rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni ilm-ma`rifatga o`rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi.

Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik”, – dedi davlatimiz rahbari. Manba: O`zAA rasmiy sayti

    Boshqa yangiliklar