AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA «EVROPA ITTIFOQI – MARKAZIY OSIYo» FORMATIDAGI DAVLATLAR TAShQI IShLAR VAZIRLARINING UChRAShUVI BO`LIB O`TDI

'SAMARQANDDA «EVROPA ITTIFOQI – MARKAZIY OSIYo» FORMATIDAGI DAVLATLAR TAShQI IShLAR VAZIRLARINING UChRAShUVI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

Samarqandda Forumlar majmuasida 10 noyabr kuni «Evropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog`iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qirg`iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Evropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili, Evrokomissiya vise-prezidenti Federika Mogerini hamda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo`yicha Evropa komissari Neven Mimisa uchrashuvda hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Ushbu formatdagi munosabatlar kelajagi, mintaqaning iqtisodiy rivojlanish istiqbollari, mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha «EI va Markaziy Osiyo: yanada xavfsiz va muvaffaqiyatli kelajak yo`lida hamkorlik» qo`shma kommyunikesi qabul qilindi.

Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining keyingi uchrashuvini 2018 yil Bryusselda o`tkazishga kelishib olindi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Evropa ittifoqining Oliy vakili Federika Mogerini ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar