BIR GURUH FAOL YoShLARGA O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQIGA A`ZOLIK GUVOHNOMASI TOPShIRILDI
Bir guruh faol yoshlarga O`zbekiston yoshlar ittifoqiga a`zolik guvohnomasi tantanali topshirildi Temuriylar tarixi davlat muzeyida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Uchtepa tumani kengashi tomonidan bir guruh faol yoshlarga O`zbekiston yoshlar ittifoqiga a`zolik guvohnomasi tantanali topshirildi. Bu haqda O`zAA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Joriy yilda O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida 15 nodavlat notijorat jamoat tashkiloti faoliyat yurita boshladi, yil oxirigacha ular 30 taga etkaziladi. Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan talabalar Yoshlar ittifoqiga a`zo bo`lgan holda o`z faolligini namoyish etib, o`zlashtirish darajasi 85 foizdan oshsa, kontrakt to`lovining 30-40 foizi to`lab beriladi. Ana shunday tadbir O`zbekiston yoshlar ittifoqi Mirobod, Yakkasaroy tuman kengashlari tomonidan ham o`tkazildi. Tadbir doirasida “Yoshlar – Vatanga tayanch”, "Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz – yoshlar!” shiori ostida ochiq muloqot, davra suhbatlari va aksiyalar o`tkazildi.






