AsosiyJamiyat

​NUKUSDA “ILM YuLDUZLARI” KO`RIK-TANLOVINING RESPUBLIKASI BOSQIChI BO`LIB O`TDI

'​NUKUSDA “ILM YuLDUZLARI” KO`RIK-TANLOVINING RESPUBLIKASI BOSQIChI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

NUKUSDA “ILM YuLDUZLARI” KO`RIK-TANLOVINING RESPUBLIKASI BOSQIChI BO`LIB O`TDI

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O`zbekiston xotin-qizlarining “Olima” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlov ilm-fan sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan.

Tadbir O`zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi va oliy o`quv yurtlarida mehnat qilayotgan olima ayollarning ilmiy izlanishlari, yaratgan metodik qo`llanmalari, kitoblari, ishlanma va loyihalari ko`rgazmasi bilan boshlandi.

– Tanlovning dastlabki bosqichida ilm-fan bilan shug`ullanayotgan 25 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan 12 ayol ishtirok etgan edi, – deydi “Olima” uyushmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi boshlig`i Tamara O`serboeva. – Ular orasidan g`oliblikka erishgan 5 nafari tanlovning Qoraqalpog`iston Respublikasi bosqichida o`z ilmiy ishlari, ishlanma va loyihalarini taqdim etdi.

Gulnora Allambergenova yosh bo`lishiga qaramay, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining “Agronomiya” bo`limida talabalarga dars berish barobarida ilmiy ish bilan mashg`ul. U foydali jonzotlarni laboratoriya usulida ko`paytirish orqali qishloq xo`jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish va ekologik toza mahsulotlar etishtirish ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Tanlovga taqdim etilgan har bir ilmiy ma`ruza atroflicha o`rganilib, hay`at a`zolari tomonidan munosib baholandi.

“O`rta maxsus ta`lim tizimida fizika fanini o`qitish metodikasi” mavzusidagi ilmiy ishi bilan qatnashgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Fizika fanini o`qitish metodikasi kafedrasi dosenti, pedagogika fanlari nomzodi Guljahon Qarliboeva g`olib bo`ldi. U tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar