AsosiyJamiyat

​PREZIDENT MUNOSIB KELAJAKNI TA`MINLASh UChUN BAJARILIShI LOZIM BO`LGAN VAZIFALARNI AYTDI

'​PREZIDENT MUNOSIB KELAJAKNI TA`MINLASh UChUN BAJARILIShI LOZIM BO`LGAN VAZIFALARNI AYTDI'ning rasmi

PREZIDENT MUNOSIB KELAJAKNI TA`MINLASh UChUN BAJARILIShI LOZIM BO`LGAN VAZIFALARNI AYTDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqand shahrida o`tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so`zlagan nutqida munosib kelajakni ta`minlash uchun bugun bajarilishi lozim bo`lgan ustuvor vazifalarga to`xtaldi.

Uning fikricha, mazkur jarayon quyidagi olti bosqichda amalga oshiriladi:

– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperasiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

– mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta`minlash;

– Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;

– davlat chegaralarini delimitasiya va demarkasiya qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga etkazish;

– mintaqada suv resurslaridan adolatli foydalanish muammosini imkon qadar tezroq tartibga solish;

– mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlash.

Prezident ushbu yuqoridagi vazifalarni sanar ekan har birini aniq misollar bilan dalillagan.

"Oddiy va ochiq insoniy muloqot – mintaqada do`stlik, hamjihatlik va barqarorlik muhitini mustahkamlaydigan eng ishonchli usuldir." – degan Davlat rahbari.

Manba: “Xalq so`zi” nashri

    Boshqa yangiliklar