AsosiyJamiyat

​«O`ZBEKKO`MIR» AJ VA «ShARG`UNKO`MIR» AJ «O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI» AJ TARKIBIGA O`TKAZILDI

'​«O`ZBEKKO`MIR» AJ VA «ShARG`UNKO`MIR» AJ  «O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI» AJ TARKIBIGA O`TKAZILDI'ning rasmi

«O`ZBEKKO`MIR» AJ VA «ShARG`UNKO`MIR» AJ «O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI» AJ TARKIBIGA O`TKAZILDI

Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 8 noyabr kuni «O`zbekko`mir» AJ va «Sharg`unko`mir» AJni «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tarkibiga o`tkazish hamda ko`mir sanoati korxonalarini moliyaviy sog`lomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq «O`zbekenergo» AJga tegishli «O`zbekko`mir» AJ va «Sharg`unko`mir» AJ «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tarkibiga o`tkazildi.

Hujjat matni O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasiga yuklangan.

Shuningdek, 2017-2018 yillar kuz-qish davrida ko`mir qazib chiqarish va respublika bo`yicha etkazib berishning reja-jadvali tasdiqlanib, mas`ul tashkilotlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga:

kuz-qish davrida aholiga hamda byudjet tashkilotlariga qaror bilan tasdiqlangan hajmlarda ko`mir mahsuloti o`z vaqtida va to`liq etkazib berilishini;

ko`mir mahsulotini etkazib berishning barcha bosqichlarida uning saqlanishini;

byudjet tashkilotlari uchun ko`mir mahsulotiga narx belgilanishi darajasi, aholiga sotiladigan ko`mirning chakana narxiga rioya etilishi, shuningdek, ularning asossiz ravishda qimmatlashib ketishining oldini olish va chek qo`yish choralari ko`rilishi ustidan samarali nazoratni ta`minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar