19.02.2014 16:59
O`zbekiston-BAA uchrashuviga chipta narxlari ma`lum bo`ldi
Uchrashuv Toshkentdagi yangi ochilgan “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tishi haqida esa avvalgi xabarlarimizda ma`lum qilgan edik.
Ammo chiptalarning qachon sotuvga chiqishi haqida aniq ma`lumot yo`q. Tahminlarcha, chiptalar o`yinga bir hafta qolganda sotuvga chiqariladi.
O`yinga kirish uchun besh toifali chiptalar joriy qilingan:
1-toifa - 20.000 so`m
2-toifa - 15.000 so`m
3-toifa (balkon) - 15.000 so`m
CIP chiptalari - 30.000 so`m
VIP lojalar - 150.000 so`m
Shuningdek, [url=http://www.uff.uz/news/sections/asia/115031]Uff.uz saytining xabariga ko`ra, oilaviy yoki jamoaviy guruhlar uchun stadionda 6, 8 va 10 kishilik alohida VIP xonalar ham mavjud.
Hashamatli va barcha qulayliklarga ega bo`lgan zamonaviy stadionga jamoaviy tashrif buyurish istagida bo`lganlar 230-93-39 telefon raqami orqali ma`lumot olishlari mumkin.