Bo`r ham oyna va derazalarni toza yuvadigan vosita hisoblanadi. 3 osh qoshiq bo`r va 1 stakan suvni aralashtirib, matoni namlab, derazani ikki tomonidan arting. Deraza quriganidan keyin uni yumshoq mato bilan arting. Shunda ular yaltirab turadi. Shuningdek, oyna va derazalarni xom kartoshka bilan ham tozalasa bo`ladi. Kartoshkaning yarim bo`lagi bilan oyna yuzasini artasiz, so`ng uni toza mato bilan artasiz.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






