Ranining ilk bor suratga tushgan filmini muvaffaqiyatli chiqqan deyish qiyin. Chunki filmning o`zi omadli chiqmagan bo`lsa-da, u tufayli Rani kerakli insonlarning e`tiboriga tushdi. Shu sabab keyingi suratga olingan ikki film Ranini taniqli aktrisalardan biriga aylantirdi. Jumladan, «Hayotda hamma narsa bo`ladi» (Kuch Kuch Hota Hai) filmidagi ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli uchun Filmfare mukofotini oldi. 1998 yildan so`ng Rani ko`pgina filmlarda suratga tusha boshlaydi. Ammo ular orasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganlari ham ancha‑munchani tashkil etadi. 2004 yilni esa Ranining aktrisalik kar`erasida tub burilish davri deyish mumkin. U «Taqdir chorrahasida» (Yuva), «Sen va Men» (Hum Tum) filmlaridagi rollari uchun «Ikkinchi planda ijro etilgan eng yaxshi ayol roli» va «Eng yaxshi aktrisa» mukofotlariga sazovor bo`ldi.
Rani suratga tushgan «Vir va Zara: sevgi qissasi» (Veer-Zaara) filmi ham unga juda ko`p mukofotlar keltirdi. Shu filmdan so`ng Rani Bollivudning eng katta kinokompaniyasi — «Yash Raj Films»ning eng talabgor aktrisalaridan biriga aylandi. Rani suratga tushgan ba`zi filmlar muxlislar e`tiboriga tushmagan bo`lsa-da, uning ijrosi doim kinotanqidchilar tahsiniga sazovor bo`lib kelgan.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.