AsosiySUG'DIYONA
5248

BUYRAGINGIZ BEZOVTA QILAYaPTIMI? OLMA VA QOVOQ ShIFODIR

'BUYRAGINGIZ BEZOVTA QILAYaPTIMI? OLMA VA QOVOQ ShIFODIR'ning rasmi

Olma va qovoq buyrak kasalliklarini davolashda foydali. 0,5 kg. yashil olma, 100 gr. qovoq, 1-2 yalpiz novdasi, 2 osh qoshiq shakar, 3 litr suv. Olmalarni yuvib, po`stlog`idan tozalang, unchalik katta bo`lmagan shaklda tug`rang. Unga 1 osh qoshiq shakar qo`shib, ustidan qaynagan suv quying. Aralashmani 45 daqiqa mobaynida qaynating. Keyin yalpizni qo`shib, sharbatini boshqa idishga suzib oling. Olmalarni ezing. Qovoqni ham xuddi shu shaklda 1 osh qoshiq shakar bilan 1 soat mobaynida qaynatib, so`ngra uni ham ezib, bo`tqa holiga keltiring. Olmali bo`tqa bilan aralashtirib, olmali sharbatni soling. Hosil bo`lgan quyuq bo`tqani 3 osh qoshiqdan ovqatdan yarim soat avval kuniga 3 mahal qabul qilish tavsiya qilinadi. Aralashmani muzlatgichda saqlang.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar