2017 yilning 12-15 noyabr kunlari
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi
delegasiya rasmiy tashrif bilan Ispaniya Qirolligida bo`ladi.
Tashrif dasturiga binoan Ispaniya Senati, Tashqi ishlar va hamkorlik vazirligi, Iqtisodiyot, sanoat va raqobat vazirligi hamda Savdo palatasi rahbariyati bilan muzokaralar o`tkaziladi, deb xabar beradi TIV Axborot xizmati.
Shuningdek, O`zbekiston delegasiyasi a`zolari O`zbekiston-Ispaniya biznes-forumida va boshqa birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etadi va qirollikning etakchi kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o`tkazadi.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, sanoat va transport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
13.11.2017 16:04
O`ZBEKISTON DELEGASIYaSINING ISPANIYaGA TAShRIF BUYuRDI






