AsosiyJamiyat

​XALQARO BANK KARTALARI BO`YIChA ONLAYN TARZDA AVIAChIPTALAR XARID QILISh IMKONI YaRATILDI

'​XALQARO BANK KARTALARI BO`YIChA ONLAYN TARZDA AVIAChIPTALAR XARID QILISh IMKONI YaRATILDI'ning rasmi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi O`zbekiston Respublikasi TIF MB bilan hamkorlikda aviachiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilishini ta`minlash bo`yicha loyihaning navbatdagi bosqichini ishga tushirdi. Unga ko`ra aviachipta uchun to`lovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin. 10 noyabrdan boshlab aviachipta uchun haqni VISA bank kartalari orqali to`lash mumkin.

Keyingi bosqichda MasterCard, American Express plastik kartalari va boshqa turdagi kartalardan foydalanish imkonini beruvchi xalqaro to`lov tizimini ulash ko`zda tutilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va MB ning bevosita ishtirokida, shuningdek, elektron kommersiyasini rivojlantirishga to`sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etish yuzasidan o`tkazilgan chora-tadbirlar, interaktiv xizmatlarni joriy qilish uchun tegishli sharoitlarning yaratilishi ushbu loyihaning qisqa muddatlarda amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Interaktiv xizmatlarni ko`rsatish bo`yicha tadbirlar majmuasini amalga oshirish “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlariga aviachiptalarni dunyoning istalgan nuqtasida sotishga imkon beradi.

    Boshqa yangiliklar