«O`zbekinvest» eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyida mijozlardan kelib tushgan 407 ta sug`urta hodisasi bo`yicha da`volar ko`rib chiqilib, jami 4,4 miliard so`m sug`urta qoplamalari to`lab berildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida ma`lum qilingan.
2017 yilning oktyabr oyi davomida to`lab berilgan sug`urta da`volarining 65 foizi yuridik shaxslardan kelib tushgan bo`lsa, 35 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to`g`ri keladi.
Joriy yilning faqat oktyabr oyida to`lab berilgan ayrim sug`urta qoplamalariga murojaat qilsak, sodir bo`lgan sug`urta hodisalari yuzasidan berilgan da`vo arizalarining ko`rib chiqilishi natijasida qurilish-montaj qaltisliklarini sug`urtalash bo`yicha etkazilgan zararlarni qoplab berish uchun Toshkent shahrida neftgaz sohasida faoliyat yurituvchi korxonaga 308 mln. so`m, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug`urtasi bo`yicha etkazilgan zararlarni qoplab berish uchun Toshkent shahrida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi korxona xodimiga 353 mln. so`m sug`urta qoplamalari to`lab berildi.
Shuningdek, joriy yil boshidan buyon «O`zbekinvest» kompaniyasi o`z mijozlariga jami 16,3 mlrd. so`m sug`urta qoplamalarini to`lab bergan.






