AsosiyJamiyat

ShEROBOD TUMAN HOKIMI MUROJAATLARGA TUShUNTIRISh BERISh BILAN ChEKLANGANI UChUN IShDAN OLINDI

'ShEROBOD TUMAN HOKIMI MUROJAATLARGA TUShUNTIRISh BERISh BILAN ChEKLANGANI UChUN IShDAN OLINDI'ning rasmi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda tashkiliy masala ko`rildi, deya xabar bermoqda “Xalq so`zi nashri”.

Xabarda aytilishicha, Sherobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yiliga 1,5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi, yiliga 15 ming tonna ip-kalava, 5 ming tonna bo`yalgan ip-kalava, 4 ming tonna trikotaj mato, 2,5 million dona tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega "Sherobod tekstil invest" to`qimachilik fabrikasi kabi yirik loyihalar hayotga tadbiq etilayotir.

Ammo, yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham uchrab turibdi. Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning 80 foiziga faqatgina tushuntirish berilgan, mutasaddi idoralarda murojaatlar bilan ishlash, masalani hal etishning ahvoli qoniqarsiz.

Shuningdek, aholining kommunal to`lovlardan qarzdorligi yuqori darajada saqlanib qolayotgani, ichki yo`llarni ta`mirlash, tumanning eksport salohiyati past ahvolda ekani, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo`jaligida agrotexnik tadbirlarning o`z vaqtida olib borilmayotgani tuman iqtisodiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgani qayd etildi.

Tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulxakim Eshmuratov lavozimidan ozod etildi.

Faollar, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, uning o`rniga shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O`rol Abrayqulovich Boboqulov tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar