AsosiySUG'DIYONA

DOIM HAYoTDAN ZAVQ OLING!

'DOIM HAYoTDAN ZAVQ OLING!'ning rasmi

«Do`sting kimligini ayt, men senga kimligingni aytib beraman», degan gap topib aytilgan. Atrofingizni pessimistlar qurshab olganidan keyin sizda ko`tarinki kayfiyat, o`z ishidan mamnuniyat hissi qaerdan ham bo`lsin? Agar turmush tarzingizni o`zgartirmasangiz, manzilingiz aniq — depressiya! Ko`ngilsiz vaziyatning ham ijobiy tomonlarini ko`ra biling. Mavjud holatdagi xatongizni tan olib, uni to`g`irlang. Ishoning, hayotingiz faqat qora chiziqlardan iborat emas! Shunchaki zarbalardan xulosa chiqarib, o`zingizni o`rgansangiz bas. Yana bir maslahat: quvonchli kunlaringizni tarixga muhrlash uchun kundalik tuting. Tushkunlikda unga ko`z yugurtirib, kimgadir yordamingiz tekkanidan, kerakli odamligingizdan, yaqinlaringiz quvonchiga sababchi bo`lganingizdan boshingiz osmonga etadi. Qarabsizki, pessimistlik o`z o`rnini optimistlikka bo`shatib beradi. Hayotdan zavq oling.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar