Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi mehmonxonalarning birida yashovchi mijoz hamyonidan 2,5 ming AQSh dollari va 5 ming Rossiya rubli yo`qolgani haqida murojaat qiladi.
Ichki ishlar organlari tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, o`g`rilikni ushbu mehmonxona farroshi 1989 yilda tug`ilgan N.I. sodir etganligi aniqlandi. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






