AsosiyJamiyat

SIRDARYo VILOYaTI DAVLAT SOLIQ BOShQARMASIGA GULISTON HAMDA MIRZAOBOD TUMANLARI BIRIKTIRILDI

'SIRDARYo VILOYaTI DAVLAT SOLIQ BOShQARMASIGA GULISTON HAMDA MIRZAOBOD TUMANLARI BIRIKTIRILDI'ning rasmi

Viloyat tuman va shaharlari ixtisoslashuviga ko`ra chuqur tahlil qilinib, 4 sektorga bo`lindi. Viloyat davlat soliq boshqarmasiga Guliston hamda Mirzaobod tumanlari biriktirildi. “Yo`l xaritasi”ga asosan hududlar hokimlari tomonidan ushbu masala bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, 34 nafar xodimdan iborat ishchi guruhi shakllantirildi.

Joriy yilda hududimizda 98 loyiha amalga oshirilishi natijasida 11 mingga yaqin yangi ish o`rni yaratish rejalashtirilgan.

Hududdagi 42 mahalla fuqarolar yig`inida 140 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Fuqarolarning mavjud 2 ming 970 gektar tomorqadan unumli foydalanishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. 2 tuman hududidagi 211 ehtiyojmand oilaga tijorat banklarining 637 million 600 ming so`mlik kredit mablag`i ajratildi.

“Yo`l xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosini ta`minlash, tomorqadan unumli foydalanish holatini o`rganish maqsadida shu yil 12 avgust kuni boshqarmaning maxsus hujjati qabul qilindi. Unga ko`ra, boshqarmaning 19 xodimi 33 ming 851 oilaga biriktirildi va ularga har bir oilaga kirib, tomorqadan, tijorat bankidan olingan kreditdan maqsadli foydalanishi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o`rganishga alohida e`tibor qaratildi.

Hududdagi bandlik bo`limlariga murojaat qilgan 1 ming 87 nafar fuqaroning 812 nafari ishga joylashtirildi. Hali ishsiz bo`lgan fuqarolar bandligini ta`minlash uchun ijrosini kutayotgan loyihalarni amalga oshirish talab etiladi.

Hududimizda 12 ming 851 kilometrga yaqin ichki xo`jalik yo`llari mavjud bo`lib, o`rganishlar natijasida 42 mahallada 305 kilometrlik yo`l ta`mirtalab ekani aniqlandi va hozirga qadar 100 kilometrdan ziyod yo`l joriy ta`mirdan chiqarildi. Suyultirilgan gazga ehtiyoji bo`lgan xonadonlarning 17 ming 550 tasiga gaz ballonlari etkazildi.

Elektr energiyasi ta`minotini yaxshilash maqsadida 21 mahalladagi 134 beton simyog`ochlar, 7 mahallada salkam 170 kilometr elektr o`tkazgich simlari almashtirildi, 12 transformator o`rnatildi.

Korxona, tashkilot va muassasalar hamda aholining elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorligini bartaraf etishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. 14 milliard 154 million so`m elektr energiyasidan, 7 milliard 205 million so`mdan ortiq tabiiy gazdan qarzdorlik undirildi.

    Boshqa yangiliklar