AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA YaNA BITTA OLIY TA`LIM MUASSASASI TAShKIL QILINIShI MUMKIN

'O`ZBEKISTONDA YaNA BITTA OLIY TA`LIM MUASSASASI TAShKIL QILINIShI MUMKIN'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 13 noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish bo`yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida e`tibor qaratildi. Jumladan, sohani zamonaviy mutaxassislar bilan ta`minlash uchun Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi huzurida ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasasi tashkil etish, unda ilmiy izlanishlarga katta ahamiyat qaratish, ishlab chiqarish korxonalari va ta`lim tizimi o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar