Pop shahrida “Namangan agro logistic” mas`uliyati cheklangan jamiyatining logistika markazi qurilishi boshlandi.
Ayni jarayonda uch ming tonna sig`imga ega sovitkichli omborlar ham bunyod qilinadi. Keyingi bosqichda esa Janubiy Koreya usulida issiqxona qurish va 3 gektar maydonda malinazor yaratish ko`zda tutilgan. Italiya texnologiyasiga asoslangan qayta ishlash sexida esa bir kecha-kunduzda 7 tonna sharbat konsentrati tayyorlanadi.






