AsosiyJamiyat

ABDULAZIZ KOMILOV ISPANIYa PARLAMENTNING YuQORI PALATASI RAISI BIRINChI O`RINBOSARI BILAN UChRAShDI

'ABDULAZIZ KOMILOV ISPANIYa PARLAMENTNING YuQORI PALATASI RAISI BIRINChI O`RINBOSARI BILAN UChRAShDI'ning rasmi

ABDULAZIZ KOMILOV ISPANIYa PARLAMENTNING YuQORI PALATASI RAISI BIRINChI O`RINBOSARI BILAN UChRAShDI

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko`ra, 2017 yilning 14 noyabr kuni Madrid shahrida tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligi Senati (Parlamentning yuqori palatasi) raisi birinchi o`rinbosari Pedro Sanz bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O`zbekiston-Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirishning ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

Ta`kidlanganidek, O`zbekiston Oliy Majlisi va Ispaniya Bosh Korteslari o`rtasida muntazam aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ivestitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Suhbat davomida umumiy kun tartibini aniq mazmun va qo`shimchalar bilan to`ldirish hamda o`zaro munosabatlarga uzoq muddatli tus berishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar