O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan “Adolat bilimdoni” ko`rik-tanlovi o`tkazildi.
“Vatan kelajagi yoshlar qo`lida” loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining 15 o`quvchisi o`z bilimini sinovdan o`tkazdi.
Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o`stirish maqsadida an`anaviy o`tkazib kelinayotgan tanlovning quyi bosqichlarida 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Konstitusiyamiz, O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi va boshqa qonunlari hamda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga oid topshiriqlarni qamrab olgan “Tanishtiruv”, “Siyosiy sohadagi bilimlar bellashuvi” va “Erkin mavzu” shartlarida bahslashdi.






