1

​“O`ZEKSPOMARKAZ”DA “MARKAZIY OSIYo SANOAT HAFTALIGI — 2017” LOYIHASI ISh BOShLADI

Iqtisodiyot 15.11.2017, 18:15
​“O`ZEKSPOMARKAZ”DA “MARKAZIY OSIYo SANOAT HAFTALIGI — 2017” LOYIHASI ISh BOShLADI

“O`zekspomarkaz” majmuida “Markaziy Osiyo sanoat haftaligi — 2017” loyihasi ish boshladi. Mazkur xalqaro anjuman doirasida sanoatimizning etakchi tarmoqlariga ixtisoslashtirilgan bir yo`la to`rtta ko`rgazma o`tkazilayotgani uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Bular “Konchilik uskunalari — Mining World Uzbekistan — 2017”, “Metallurgiya. Mashinasozlik dastgohlari — Machinery Central Asia — 2017”, “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2017”, “Qo`riqlash, xavfsizlik va yong`inga qarshi himoya — Securika Central Asia — 2017” xalqaro ko`rgazmalaridir.

Xalqaro anjumanning ochilish marosimida ta`kidlanganidek, keyingi paytda iqtisodiyotimizni tarkibiy o`zgartirish, ayniqsa, sanoatni diversifikasiya qilish, ishlab chiqarishga innovasion ishlanma va ilg`or texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilayapti.

Xalqaro ko`rgazmalarning bu galgi birlashgan ekspozisiyasida Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Polsha, Rossiya, Shveysariya, Janubiy Koreya, Turkiya, Chexiya, Ozabayjon, Latviya, Litva, Belarus, Gollandiya singari dunyoning o`nlab davlatlaridan 150 ga yaqin firma va kompaniyalar o`zlarining zamonaviy texnika va uskunalari bilan ishtirok etayotir.

Uch kun davom etadigan mazkur xalqaro anjuman yurtimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlari yutuqlari namoyish etish orqali xalqaro aloqalarni kuchaytirish, tizimdagi korxonalarning faoliyatini kelgusida yanada rivojlantirishdek ezgu maqsadlarga qaratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1