1

ShAKARNING SOTUVDAGI NARXI BELGILANDI

Iqtisodiyot 17.11.2017, 12:21
ShAKARNING SOTUVDAGI NARXI BELGILANDI

«O`zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan shakar mahsulotiga nisbatan talabni to`liq qondirish, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotni savdo nuqtalariga etkazib berish, shakar narxining asossiz oshirilishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha amaliy ishlar qilinmoqda, deb yozadi UzDaily.

Kompaniya matbuot kotibi U. Ro`ziev ma`lum qilishicha, «O`zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi hukumat buyrug`iga muvofiq, shakar importi bo`yicha chet ellik sheriklar bilan shartnomalar imzolagan.

Bu harakatlardan asosiy maqsad — shakar narxining keskin oshishiga yo`l qo`ymaslik, shuningdek, savdo va ishlab chiqarish korxonalariga uzluksiz etkazib berish orqali uning taqchilligi oldini olish.

Ayni paytda shakarni aholiga bir kilogrammi uchun 5000 so`mdan ziyod bo`lmagan narxda sotish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Murojaat uchun telefon: +99871 129 59 59

Elektron pochta manzili: marketing@uzagroexport.uz, oziq-ovqat.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1