AsosiyIqtisodiyot

XORAZMDA YaNGI VA ZAMONAVIY BIZNES MARKAZ QAD ROSTLADI

'XORAZMDA YaNGI VA ZAMONAVIY BIZNES MARKAZ QAD ROSTLADI'ning rasmi

Xorazm viloyati markazi — Urganch shahrida yirik majmua barpo etildi. Zamonaviy me`morlik andozalari asosida bunyod etilgan mazkur biznes markazi besh qavatdan iborat. Uning birinchi va ikkinchi qavatlaridan Hamkorbank’ning yangi — Xorazm mintaqaviy filiali joy olgan.

Binoning eng yuqori nuqtasida joylashgan sayilgohdan mahalliy aholi va xorijlik mehmonlar Urganchning ko`rkam va latofatli qiyofasini miriqib tomosha qilishlari mumkin.

Biznes markaz ichidagi noan`anaviy dizayn asosida bezatilgan keng xoll, anjumanlar zali, dam olish xonasi, eng so`nggi modeldagi mebel jihozlari, uzluksiz elektr ta`minoti har qanday tadbirkorning qalbida yaxshi ishlash va yashashga ishtiyoq uyg`otadi.

    Boshqa yangiliklar