MIRZAChO`LDA YaNGI KORXONA ISh BOShLADI

Iqtisodiyot 17.11.2017, 13:08
MIRZAChO`LDA YaNGI KORXONA ISh BOShLADI

Jizzax viloyati Mirzacho`l tumanida engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mirzacho`l mega sevinch” davlat unitar korxonasi ish boshladi.

Tuman markazidagi “G`alaba” mahalla fuqarolar yig`ini hududida bo`sh turgan binoda ish boshlagan yangi korxona bolalar va kattalar kiyimi, choyshab va ko`rpa-yostiq jildlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Tuman investisiya dasturiga muvofiq yangi loyihani amalga oshirishga 375 million so`m mablag` sarflandi. Bu erda 40 zamonaviy tikuv mashinasi o`rnatildi.

2017 yil tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, hozirgacha 68 loyiha amalga oshirilib, 206 yangi ish o`rni yaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1