1

​NAMANGANDA 10 MINGGA YaQIN ISh O`RNI YaRATILADIGAN LOYIHALAR AMALGA OShIRILMOQDA

Iqtisodiyot 17.11.2017, 13:27
​NAMANGANDA 10 MINGGA YaQIN ISh O`RNI YaRATILADIGAN LOYIHALAR AMALGA OShIRILMOQDA

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman), Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, Namangan viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, sog`liqni saqlash boshqarmasi, xotin-qizlar qo`mitasi, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg`armalarining viloyat bo`limlari mas`ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta`minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekani ta`kidlandi.

Seminarda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida e`tibor qaratilib, u asosida qabul qilingan dasturlar, amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma`lumot berildi.

Bu borada Namangan viloyatida ham joriy yilda umumiy qiymati 715 milliard so`mlikdan ziyod va 10 mingga yaqin ish o`rni yaratiladigan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar taraqqiyoti, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari faoliyatini yanada takomillashtirish, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1