1

PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV 22-25 NOYaBR KUNLARI DAVLAT TAShRIFI BILAN KOREYa RESPUBLIKASIDA BO`LADI

Siyosat 18.11.2017, 00:43
PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV 22-25 NOYaBR KUNLARI DAVLAT TAShRIFI BILAN KOREYa RESPUBLIKASIDA BO`LADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 2017 yil 22-25 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo`ladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda o`zaro hamkorlikning keng ko`lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko`zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri va Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashadi, ikki davlatning etakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari ishtirokidagi O`zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etadi.

Tashrif yakunlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to`g`risidagi qo`shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalardagi o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga doir ko`plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelishuvlari va shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1