AsosiySiyosat

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGIGA YaNGI VAZIR TAYINLANDI

' QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGIGA YaNGI VAZIR TAYINLANDI'ning rasmi

Sadiqov Maxmud Saidaxmedovich Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "KRuz.uz"ga yaqin manbalar xabar berdi.

Maxmud Saidaxmadovich o`tgan yilning 13 oktyabr kuni Moliya vaziri lavozimini tark etib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari etib tayinlangan edi.

M.Sadiqov ish faoliyati davomida Amudaryo tumani moliya bo`limining byudjet bo`limi iqtisodchisi, Amudaryo tumani moliya bo`limining byudjet bo`limi boshlig`i va Amudaryo tumani moliya bo`limi mudiri lavozimlarida ham ishlagan.

    Boshqa yangiliklar