AsosiySUG'DIYONA

DILBANDINGIZGA XOTIRA ULAShING!

'DILBANDINGIZGA XOTIRA ULAShING!'ning rasmi

Bolalikdagi xotiralar butun umrga tatiydi. Yangi yil archasining isi, berkitib qo`yilgan sovg`alarkichkintoy dunyoni anglashiga va shunday yoqimli qabul qilishiga yordam beruvchi bebaho onlardir. Aslida har bir ota-ona dilbandiga bunday daqiqalarni taqdim etish imkoniyatiga ega. Ozgina xohish bo`lsa kifoya. Quyidagi sizga kichkina «shpargalka»ni taqdim etamiz va umid qilamizki, yillar o`tgach, farzandlaringiz bayram dasturxoni atrofida o`tirib, o`z farzandlariga entikib bolalik xotiralarini so`zlab beradi.

Demak, bolangiz bilan birga quyidagilar qilib zavqlaning:

  • Quyoshda ko`zgu aksini tushirib, «sho`xlik» qiling .
  • Ekilgan urug` qanday o`sayotganini kuzating.
  • Birga sirpanchiq uching.
  • Yulduzlarga tikilib, ularning shaklini aniqlang.
  • Yangi yil archasi uchun birgalikda bezaklar yasang.
  • Oilaviy teatr tashkil qiling. Ehtimol bu soyalar tomoshasi yoki qo`g`irchoq spektakli bo`lar. Muhimi bu jarayon bolangizning hayolot olamini ham rivojlantiradi.
  • Ularga haqiqiy chayla yasab bering. Aminmizki, kichkintoylar kelganlarga bu haqda gapiravaerib aslo charchashmaydi.
  • havo issiq kunlarda chelaklarga suv to`ldirib, dengiz jangi tashkil eting.
  • Ruchkani boshingizga ishqalab maydalangan qog`ozlarni yopishtirib ko`zboylag`ichlik qiling.
  • Kuz chog`i daraxtni silkitib, bargli yomg`ir yog`diring.
  • Bulutlarni tomosha qilib, shakli nimaga o`xshashligini o`ylab toping.
  • Qorda yotib, tana bilan shakl yoki qor odam yasang .
  • O`g`ilingiz bilan xech bo`lmaganda taxtadan stol yasang, qizlar bilan esa somsa tuging.
  • Doshqozonda taom tayyorlaganda kartoshka, yong`oq pishiring.
  • Birgalikda varrak uchiring.
  • Sham yorug`ida yoki gulxan atrofida hikoya va qiziqarli ertaklar to`qib bering.
  • Bir piyola ichimlikdan «vulqon» toshiring.
  • Momaqaymoqlarni puflang.
  • Shampunni ko`pirtirib pufak shishiring.
  • Atrofni, quyoshni rangli shishalarda tomosha qiling.
  • Terlagan oynada rasm chizing.

Foto: tuvakda o`sib chiqayotgan gulni tomosha qilish

Foto: birgalikda biror nima yasayotgan ota-ona

Foto: listopad deb bering. Barglarni ushlab olib o`ynayotan bolalar

Manba: “SUG‘DIYONA gazetasi

Boshqa yangiliklar