— Taqdir taqozosi bilan farzandim OITS ga chalingan. Gohida oddiy tibbiy yordam zaruriyati bilan poliklinikalarga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Ammo shifokorlar bolamning kasalini bilib, qo`pol muomala qilishadi. Bolaginam esa «Oyi, OITS san deb gapiraverishadi, nega men shundayman» degancha yuragimni tilkalaydi. Gippokrat qasamini ichgan shifokorlar barcha bemorlarga teng munosabatda bo`lishi kerakmasmidi? Adolat qani?
Ismini sir tutgan mushtariy
Advokat Dilfuza To`xtaeva: — Bu holatda shifokorlar xatti-harakati noto`g`ri! Farzandingiz qanday xastalikka chalinganidan qat`iy nazar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Xastligi bois tibbiy yordam olishda cheklovlar o`rnatilmagan.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






