AsosiySUG'DIYONA

ShUNChAKI SINAB KO`RING

'ShUNChAKI SINAB KO`RING'ning rasmi

  • Bir hafta davomida qaddingizni rostlab o`tirishga va yurishga harakat qiling. Shunda xotirangiz yaxshilanganini va miyangiz tez ishlayotganini his qilasiz.
  • Xushlamaydigan yoki arazlashgan insoningiz bilan munosabatlaringizni yaxshilashga harakat qilib ko`ring. Masalan, xayolan unga chiroyli narsalar sovg`a qiling. Shunda uning qanchalik xursand bo`lishiga guvoh bo`lasiz. Va oxir-oqibat firklaringiz moddiylashib, hayotda ham u bilan yaxshi munosabatda bo`lasiz.
  • Uxlashdan 2 soat oldin televizor va kompyuterni o`chiring. Shunda siz orzularingizni ko`ra boshlaysiz va ich-chingizda ijodiy istak, katta maqsadlar uyg`otadi.
  • 2 hafta davomida faqat ish yuzasidangina telefonda gaplashing. Shunda siz bir kunda 24 soat borligiga amin bo`lasiz. Ya`ni vaqtingizni tejaysiz.
  • 1-2 hafta davomida uyquga ketish oldidan taom tanovul qilmang. Natijada tinch orom olasiz va ertalab yaxshi kayfiyat bilan uyg`ona boshlaysiz.
  • 1-2 hafta davomida tuz va murchsiz taom eng. Shunda siz kamroq ovqat eyayotganingizni bilasiz. Eng muhimi, ancha vazn yo`qotganingizni his qilasiz.
  • 1 hafta davomida gazli ichimliklar va limonad ichmang. Shunda siz oddiy suvning qanchalik yoqimli va foydali ekanligini bilasiz. Va salomatligingiz uchun anchayin foydali ish qilgan bo`lasiz.
  • 2 hafta davomida choy va qahvadan voz kechib ko`ring. Natijada to`yib uxlaysiz, buning ustiga, yuz teringiz tekislashib, ajinlar chekinishiga erishasiz. Va kamroq asabiylashasiz.
  • Har gal sigaret chekish istagi uyg`onganda uni olma, mandarin, apelsin, banan yoki 1 stakan suv bilan almashtiring. 2 hafta davomida aynan shunday qilsangiz, o`zingizda kuch, bardosh va qa`tiyat his qilasiz. Chekish odatidan esa shu tarzda voz kechishinigz mumkin.

Manba: “SUG‘DIYONA gazetasi

    Boshqa yangiliklar