AsosiySUG'DIYONA

​UMURTQAMIZ SALOMATLIGI UChUN 8 TA MAShQ.

'​UMURTQAMIZ SALOMATLIGI UChUN 8 TA MAShQ.'ning rasmi
  • Kursida o`tirgan holatda qo`llarni erkin qo`ying. Gavdani tik tuting, elkalarni quloqqa yaqinlashtiring, so`ng yana daslabki ko`rinishga qaytaring. Avval sekin-astalik bilan boshlab, keyin mashq tezligini oshirasiz. Umumiy hisobda 8 marta bajarasiz.
  • Gavdani tik tuting. Engil harakatlar bilan orqa kuraklarni bir-biriga yaqinlashtirib, so`ng asl holiga keltiring. Mashqni 6-7 marta takrorlaysiz.
  • O`tirgan holatda oyoqlarni elka kengligiga moslang. Qo`llaringizni elkaga qo`ying. Avval oldinga, so`ng orqa tarafga elkalarni aylanma harakatlantiring.
  • Qo`llarni boshning orqa tarafiga oling. Faqat tananing yuqori qismi harakatlanadi. Avval o`ngga, so`ng chap tarafga qarang. Mashqni 6 marta takrorlang.
  • Qo`llaringizni boshning orqa tarafiga oling. Gavdani tik ushlang. O`tirgan holatda imkon qadar ortga egilishga harakat qiling.
  • Gavdani to`g`ri tutgancha, boshingizni ikki yon tarafga harakatlantiring. 6 marta takrorlaysiz.
  • Kursining bir tarafiga omonatgina joylashing. Qo`llarni tizza ustiga qo`ying. Elkangizni oldinga, tizzaga engashtirib, 2 soniyadan so`ng yana dastlabki holatga qayting.
  • Kursida to`g`ri holatda o`tiribsiz. Qo`llar tizza ustida. Faqat umurtqaning o`zini harakatlantirasiz. Avval o`ngga so`ng chapga.

    Boshqa yangiliklar