AsosiySUG'DIYONA

SUMKA HARID QILMOQChIMISIZ?

'SUMKA HARID QILMOQChIMISIZ?'ning rasmi


  • Sumka harid qilishdan avval undan qay vaziyatlarda foydalanishingizni o`ylab ko`ring. Ishga , o`qishga yohud do`kon aylanishda ishlatasizmi?
  • Sumkaning zanjirli yopg`ichligi hamisha urfda bo`lgan. Ammo zamona zayli deganlariday, bugun sumkalarning yopg`ichsiz, bir-biriga yopishadigan tugmalilari ishlab chiqarilayapti. Foydalanishda ham qulayligi bilan ajralib turadi.
  • Tanlagan sumkangiz turmush tarzingiz, ish faoliyatingiz va odatlaringizga mos kelishi kerak. Chunki kundalik dastyorimizga aylangan ushbu vosita tashqi ko`rinishning bir bo`lagi hisoblanadi.
  • Mavsumga moslashtirishni ham unutmang. Qishda qora rangli charm yoki baxmal matosidan ishlangan sumkalar tavsiya etilsa, ko`klamda yorqin rangli va ko`rinishi engil bo`lganlari tanlanadi.
  • Hozirda katta o`lchamdagi sumkalar ancha ommalashgan. Biroq bu turdagi sumkani harid qilishda ham ma`lum qoidalarga rioya etish lozim. Masalan, bo`yingiz past bo`lsa katta sumka sizga to`g`ri kelmaydi. O`rta va baland bo`ylilar esa katta xajmli sumkalardan bemalol foydalanishlari mumkin.
  • Yana bir muhim qoida: katta o`lchamdagi sumkalarni qalin qishki kiyimlar bilan moslashtirmang. Yo`qsa tashqi ko`rinishingizda nomutanosiblik kelib chiqadi.
  • Sumkaning eng qulay rangi – qora. Bu rangli sumkalarni istalgan libos bilan moslashtirish mumkin. Garderobda bitta qora rangli sumka bo`lsa, kifoya. Shu bilan birga jigarrang, qizil, qaymoq rang va rangdor sumkalarni esa borayotgan joyingiz yoki libosingizga qarab, almashtiraverasiz.
  • Moda mutaxassislari har bir ayol har olti oyda yangi sumka harid qilishini tavsiya etishadi. Bu bilan ayolning o`ziga bo`lgan ishonchi va e`tibori ortar ekan.
  • Toshli, turli bezaklar va osilma shokildalar bilan yasatilgan sumkalarga ixtiyor berdingiz. Xo`sh, ulardan qay vaziyatda foydalanmoqchisiz? Toshli sumkalar odatda oqshom yoki bazmlarga tavsiya etiladi, bezaklilari esa klassik liboslar bilan, shokildalilariga kelganda zamonaviy kiyinish uslubi tanlangani ma`qul.
  • Ba`zida do`kon yoki bolalar bog`chasiga borish uchun krossovkadan foydalanmiz. Hamyonimizni joylash uchun esa sumka kerak bo`ladi. Biroq krossovka bilan sumka ishlatsa bo`ladimi? Uddalash mumkin. Sport uslubidagi kichik sumka va ortiqcha bezaksiz ishlangan klatchlarni sinab ko`ring.

    Boshqa yangiliklar