AsosiySUG'DIYONA

​10 DAQIQA IChIDA SIZ...

'​10 DAQIQA IChIDA SIZ...'ning rasmi


1. Zavqlaning!

Bilamiz, juda ishingiz ko`p. hali taom tayyorlashingiz, hali ertangi liboslarni dazmollashingiz, bolalaringiz bilan dars tayyorlashingiz kerak. Ammo 10 daqiqagina farzandlaringiz bilan oddiy o`yin o`ynasangiz, yoki qo`shiq kuylasangiz, raqsga tushsangiz, zavqqa to`lasiz. Faqat bu daqiqalarda xayolingizdagi barcha tashvishlarni, rejalarni unuting.

2. Massaj oling.

Yuzingizni, bo`yningizni, boshingizni massaj qiling. O`n daqiqalik mashg`ulot sochlaringizni o`stiradi, terini qarishdan himoyalaydi. 32-33-sahifalardagi ajinlarga qarshi massaj muolajari ayni muddao.

3. Tanangizni bo`shashtiring.

Atigi 10 daqiqaga divanga cho`zilib, ko`zlaringizni yuming va o`zingizni bo`sh qo`ying. Bu hordiq onlari sizning sog`ligingiz va ruhiyatingiz uchun koni foyda.

4. Xabar jo`nating.

Yaqinlaringizni qutlashingiz uchun oldin tabrik tayyorlab qo`yishingiz, ko`pdan beri gaplashmagan o`rtog`ingizga salom xat yozishingiz, hatto kelajakka xabar jo`natishingiz mumkin. Ya`ni orzularingiz bitilgan nomani yozib, saqlab qo`ying.

5. Xatlarga javob bering.

har kuni ish yoki sizga biror iltimos bilan jo`natilgan maktublarni ko`zdan kechirib, ularga xat yozishga 10 daqiqa ajrating. Ana shu kichik muddat kimningdir muammosini hal qilishga yordam berishi mumkin.

6. Rejalaringiz ro`yxatini tuzing.

har kuni 10 daqiqani shu ishga sarflasangiz, ertaga hammasiga ulgurasiz. Agar bu ishni kecha qilmagan bo`lsangiz, bugun ham kech emas.

7. Tashqi ko`rinishingizga e`tibor bering.

Yuzingizdagi pardozni artib, skrab bilan tozalab, parvarishlovchi vosita surtish, tirnoqlaringizdagi lak bo`yog`ini o`chirish, qo`llaringizni krem bilan uqalash uchun 10 daqiqa bemalol etadi.

8. «SUGDIYONA»ni ko`zdan kechiring.

Gazetamiznng yangi nashriga bir qur ko`z tashlashingiz, yoki reseptlarimizni o`rganishingiz, yoki biror hikoyani dildan o`qish va «SUG‘DIYONAMINI» tavsiyalar bilan to`liq tanishishingiz mumkin. har kuni 10 daqiqadan bizga vaqt ajratsangiz, afsuslanmaysiz!

    Boshqa yangiliklar