AsosiySUG'DIYONA

​SULI BO`TQASI EYISh UChUN 10 SABAB

'​SULI BO`TQASI EYISh UChUN 10 SABAB'ning rasmi


1. Suli tarkibidagi kletchatka qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi.

2. Olimlar tadqiqotlar natijasida muntazam ravishda suli iste`mol qilish yurak-qon tomir va 2-turdagi qandli diabet kasalliklariga chalinish xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Suli sportchilar uchun ham, ayniqsa, maqbul taomdir. Bo`tqa kun davomida organizmda yuqori quvvat bo`lishini ta`minlaydi.

3. Vaznni bir me`yorda ushlab turishga yordam beradi. Bu yorma odamni to`q tutadi va ishtahani nazorat qiladi, shuningdek, tushkunlikka qarshi vosita hisoblanadi.

4. Suli yormasi insonga xuddi qon bosimini tushiruvchi doridek samarali ta`sir ko`rsatadi. U arterial qon bosimini me`yorida tutib turishga yordam beradi.

5. U qondagi qand miqdorini me`yorlashtirib turadi.

6. Suli antioksidantlar manbai ham hisoblanadi. U saraton va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga to`sqinlik qiladi.

7. Kletchatkaga boy taomlar yo`g`on ichak saratoni rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Suli bo`tqasi esa kletchatkaga boydir.

8. Suli oqsil va uglevodlar manbai hamdir. Sport mashg`ulotidan 45-60 daqiqa oldin eyilgan bir porsiya bo`tqa samaradorlikni oshiradi.

9. Bu yorma immun tizimini mustahkamlaydi va organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.

10. Kechki ovqat o`rnida iste`mol qilingan suli bo`tqasi uyqusizlikdan qiynaladigan insonlarga yordam beradi. Uning tarkibidagi B6 vitamini organizmdagi serotonin moddasi ishlab chiqarilishini ta`minlaydi. Aynan mana shu moddaning etishmasligi uyqusizlikka olib keladi.

    Boshqa yangiliklar