Aksariyat ayollarni qiynagan muammo «apelsin terisi» ning yuzaga kelishidir. Teri ustki qavatidagi bu o`zgarish bo`ksada, qorin va dumba sohasida hosil bo`lib, jismoniy mashqlar, kontrast dush hamda to`g`ri ovqatlanish tartibini to`g`ri tashkillashtirish yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin.
SUV
Kun davomida etarli miqdorda suv ichish (qaynatilgan yoki gazsiz) metabolizm jarayonini tezlashtirib, organizmni toksinlardan tozalaydi. Bilasiz toksinlar teri holatiga ta`sir etib, burishishni keltirib chiqaradi.
Foto: voda
O`SIMLIKLARDAN TAYYoRLANGAN DAMLAMALAR
Moychechak, na`matakli damlamalar organizmdan ortiqcha suyuqlikni haydab chiqaradi. Shu bilan birga moddalar almashinuvini ham yaxshilaydi. Ko`pchilik modellar shu ikki damlamadan foydalangan holda qomatlarini nazorat qilishadi.
Foto: romashka, shipovnik
ShARBATLAR
Olma, apelsin va selderey sharbatlarini teng miqdorda aralashtirib, sellyulit profilaktikasi uchun qabul qilish tavsiya etiladi. Sharbatlar aralashmasida S vitamini ko`p bo`lib, yog`larni parchalashda eng samarali vosita hisoblanadi.
ALOE ShARBATI
Bu sharbatni nafaqat dietologlar balki kosmetologlar ham qadrlashadi. Shifokor maslahati bilan qaynatilgan suvga 15-20 tomchi aloe sharbatini aralashtirib qabul qilish, oshqozon-ichaklarni tozalab, teri ko`rinishiga antiseptik ta`sir ko`rsatadi.
Foto: sok aloe
QATIQ
Yog`siz qatiqni ta`bga ko`ra dolchin va zanjabil ziravorlari bilan aralashtirib ichish lozim. Bu ichimlik ortiqcha yog`larni parchalab, ichaklarni tozalaydi. Qatiq aralashmasidan bir kunda bir mahal tushlik o`rnida foydalanish mumkin.
Foto: kefir, korisa, imbir
PARRANDA GO`ShTI
Tovuq, kurka va o`rdak go`shtidagi protein moddasi mushaklarni taranglashtiradi. Mushaklarning chiniqqanligi yog` qavati paydo bo`lishidan himoyadir.
Foto: kurisa, indeyka, utka
ISMALOQ
Yashil ko`kat lesitin moddasiga mo`lligi bilan ajralib turadi. Lesitin teri xujayralari devorini tiklash va teri to`qimasini oziqlantirish uchun asqotadi. Foydasi uchun ismaloqdan egulik yoki salat tayyorlab iste`mol qiling.
Foto: shpinat
KARAM
Kaliy va S vitaminiga boy bo`lgan karam organizmdagi ortiqcha suyuqlikni haydab, metabolizm jarayonini tezlashtiradi. Muntazam iste`mol qilinganida esa tiqinlardan halos etadi.
Foto: kapusta
KLYuKVA
Organik kislotalar ko`pligi bilan foydali sanalgan klyukva mevasidan kompot tayyorlab ichish lozim. Ushbu meva ortiqcha vazn bilan kurashuvchilar uchun ham foydalidir.






