AsosiySUG'DIYONA

TURMUSh O`RTOG`INGIZ «IShLAMAYSAN!» DESA...

'TURMUSh O`RTOG`INGIZ  «IShLAMAYSAN!» DESA...'ning rasmi

Juda ko`pchilik erining ishlashga ruxsat bermasligidan norozi bo`ladi. Aslida turmush o`rtog`imiz bizni asrab-avaylash, yomon ko`zlardan, salbiy ta`sirlardan ehtiyotlash maqsadida «ishlamaysan» deb taqiq qo`ygan, deb o`zimizni yupatishimiz ham mumkin. Ammo bir kun ham o`zligini namoyon qilolmagan guldek kasbi, imtiyozli diplomi bo`lgan ayollar ishlaganida jamiyatga katta foydasi tegishi mumkinligini o`ylasak, ba`zan bu qarorga o`zgartirish kiritish kerakmikan, degan xulosaga boramiz.

Yondashuv: er-xotinni qo`sh ho`kizga qiyoslagan maqol nihoyatda oqilona ekanligini aytmasak ham bilasiz. Siz shundan foydalaning, «agar ikkimiz ham ishlaganimizda mana bu kamchiligimiz to`lib, mana bu muammoni hal etgan bo`larmidik. Mening ham sizga yordam bergim kelayapti. Bir o`zingiz qiynalib ketasiz, bolalar katta bo`layapti, muammolar ham kattalashadi. 4 ta uyni yig`ishtirib, bitta ovqat qilib o`tirganim uchun o`zimni tekintomoqdek his qilayapman. Hammasini eplay olishimga ko`zim etadi...» Faqat eringizning «ruxsat, ishlayver» degan gapidan keyin nima ish qilishingiz, qayoqqa borishingiz haqida o`ylab o`tirmaslik uchun avvaldan ish topib, hammasini pishitib olgan bo`ling.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar