AsosiySUG'DIYONA
11689

«KATTALAShTIRISh MUMKINMI?»

'«KATTALAShTIRISh MUMKINMI?»'ning rasmi

— Turmushga chiqmaganman. Ko`kragimning hajmidan uyalaman. Tanamga nomutanosib, juda kichkina. Operasiya va gormonal tabletkalarsiz hajmini o`zgartirish mumkinmi?

Shohsanam, 18 yosh, Toshkent shahridan

Dilobar MIRRAHIMOVA, mammolog: — Ko`krakning o`lchami va hajmini kattalashtirish mumkin. Bu holda gormonal dorilar yordam bermaydi. Ko`krakni faqatgina operativ yo`l bilan kattalashtirish mumkin. Turmushga chiqmagan qizlarga operativ muolaja qo`llash tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda ko`krak mushaklarini mustahkamlovchi gimnastika mashqlarini bajarishni maslahat beramiz. Bunday mashqlardan keyin ko`krak qafasidagi mushaklar kattalashadi, shuning hisobiga ko`krak ozgina kattalashganday bo`ladi, lekin ko`krak to`qimalari o`smaydi. Fitnesga borib, instruktor maslahati bilan ko`krak mushaklari uchun mashqlar bajarish yaxshi natija beradi. Agar ko`krak hajmi juda ham kichik bo`lib, bu holat kiz bolaning turmush qurishiga to`sqinlik qilayotgan bo`lsa, u holda ko`krak hajmi silikonli endoprotez yordamida kattalashtiriladi. Lekin biz shifokorlar avvalambor ko`krak bezlari o`z funksiyasini (bola emizish) to`laqonli bajarib olishi kerak, deb ta`kidlaymiz. Agar sun`iy ravishda kattalashtirilsa, kelajakda farzandini emiza olmasligi mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar