AsosiySUG'DIYONA
3351

Ko`zlar salomatligiga sovuq xavf solsa...

'Ko`zlar salomatligiga sovuq xavf solsa...'ning rasmi

Sovuq ob-havo ta`sirida ko`zlarimizda qishki kon`yunktivit rivojlanishi mumkin. Bu allergik kasallik bo`lib, sovuq kunlarda yosh oqishi, ko`z va uning atrofida qichishish va teri qizarishi kuzatiladi. Issiq xonaga kirganda bu belgilar o`z-o`zidan yo`qoladi. Agar sizda ham bunday alomatlar kuzatilsa, sovuq kunda ko`chaga chiqishdan oldin ko`z va burunga shifokor tavsiya etgan antigistamin tomchilar (allergiyaga qarshi) tomizib oling. Kechasi uyquga ketishdan oldin ham ko`zlaringizga e`tibor bering. Yangi damlangan choyning paketchasi yoki choyga botirib olingan dokali tamponni ko`zlaringizga 10 daqiqaga qo`ying.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar