1

​TURKIYaDAGI KONSERT TAFSILOTLARI: ShOHRUHXON, ZIYoDA VA FEShN ShOUNI TURKIYa XALQI QANDAY KUTIB OLDI?

Madaniyat 22.11.2017, 17:05
​TURKIYaDAGI KONSERT TAFSILOTLARI: ShOHRUHXON, ZIYoDA VA FEShN ShOUNI TURKIYa XALQI  QANDAY KUTIB OLDI?

Kuni kecha uzoq kutilgan voqea sodir bo`ldi. Ya`ni “Proart” kompaniyasi tashabbusi bilan 18 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida “O`zbekiston madaniyat kunlari” o`tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida Turkiya xalqi va u erdagi hamyurtlarimiz nafaqat, o`zbek san`ati vakillari ishtirokidagi konsert, balki O`zbekistondan borgan eng mashhur modelerlarning lisoblar to`plamini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo`lishdi.

Keling, birinchi navbatda estradamizning eng yorqin yulduzlari ishtirok etgan konsert haqida ma`lumot bersak. Salkam ikki soat davom etgan konsert dasturida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyoda Qobilova, xonanda Shohruhxon o`zlarining eng sara xit qo`shiqlari bilan kelgan mehmonlarni hursand etishdi.

Konsert ikki millatning mushhur boshlovchilari tomonidan olib borildi. Dogkam Erdem Kutlu va Laziza Nozimxonovalar kelgan mehmonlarga a`lo kayfiyat bag`ishlab professional darajada vazifalarini ado etishdi. Dastur davomida aktrisa Halima Ibragimova va Shahzoda Muhammedovalarning ham ishtirokini alohida ta`kidlash lozim.

Shuningdek, “O`zbekiston madaniyat kunlari” doirasida bo`lgan FASHION SHOU dasturi moda ihlosmandlari uchun haqiqiy sovg`a bo`ldi. 5 nafar o`zbekistonlik mashhur dizaynerlar o`zlari yaratgan liboslar bilan barchaning ko`zini quvontirishdi. Begzod Saidov, Shahzoda Muhammedova, “Gaf”, “Noooza”, “Ozoda” modalar uyi taqdim etgan liboslar to`plami tomoshabinlar yodida uzoq vaqt saqlanib qolsa, ajabmas.

Turkiyada yashovchi hamyurtlarimiz va Turkiya xalqi uchun haqiqiy “syurpriz” bo`lgan bayram kunlarida “Sabo” raqs ansanbli ham o`zbek milliy raqslari bilan ishtirok etdi.

Bir so`z bilan aytganda, ikki davlat ijodkorlari va mehmonlar uchun a`lo kayfiyatda o`tgan tadbir kelgusida yana davom etishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1