AsosiySUG'DIYONA
19264

D VITAMINI — RAXIT PROFILAKTIKASI

'D VITAMINI — RAXIT PROFILAKTIKASI'ning rasmi

Kichkintoyingiz tez-tez terlasa, kechga borib holsizlansa, tishlarining rangi xiralashgan, yiqilganda mushak va suyaklarida og`riq tursa, bular D vitamini etishmasligidan nishona.

Foydasi: organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini ta`minlab, immunitetni oshiradi. Suyaklarni mustahkamlab, raxitning oldini oladi. A va S vitaminlari bilan birga qabul qilinganda shamollash jarayonlari, kon`yuktivitda ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Kunlik miqdori: farzandingiz yoshiga to`lmagan bo`lsa, 300 mg, 1 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarga esa 400 mg.dan berish lozim.

Me`yordan oshsa: nazoratsiz qabul qilinsa, bolaning rivojlanishdan ortda qolishi, ,qorin soxasida og`riqlar ko`ngil aynishi, ba`zan buyrakda tosh yig`ilishi kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.

Muhim! D vitamini E vitamini (o`simlik yog`i, yong`oq) bilan bir vaqtda qabul qilinmaydi. A va S vitaminlari (limon, olma) bilan aksincha, samarali ta`sir kuchiga ega.

Profilaktika: tuxum sarig`i, smetana, sariyog`, sut-qatiq maµsulotlari hamda baliq go`shti tarkibida D vitamini ko`p. Shuningdek, kichkintoyingizni har kuni ertalab quyosh nurida sayr qildirsangiz D vitaminining tabiiy zahirasiga ega bo`lasiz.

Dorixonalarda: shifokor tavsiyasiga ko`ra, Vigantol (yoshga to`lmagan bolaga 1-2 tomchi, 1 yoshdan oshgan bo`lsa, 5-6 tomchidan) Akva-Detrim (yoshga to`lmagan bo`lsa, 2 tomchi, 1 yoshdan oshgan bo`lsa, 7-8 tomchidan) preparatlarini berishingiz mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar