1

“O`ZBEKENERGO” AJ HAMDA KERSO ENERGETIKA KOMPANIYaSI O`RTASIDA HAMKORLIKKA OID KELIShUV IMZOLANDI

Iqtisodiyot 22.11.2017, 19:29
“O`ZBEKENERGO” AJ HAMDA KERSO ENERGETIKA KOMPANIYaSI O`RTASIDA HAMKORLIKKA OID KELIShUV IMZOLANDI

Prezident Shavkat Mirzieevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida “O`zbekenergo” AJ hamda Koreyaning Seul shahrida joylashgan “KERSO” Energitika kompaniyasi o`rtasida hamkorlikka oid muzokaralar olib borildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirzieevning Janubiy Koreyaga tashrifini yoritish buyicha matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvda tomonlar energetika sohasida hamkorlikning kelgusidagi bosqichida amalga oshiriladigan masalalarni muxokama qilishdi. Asosiy e`tibor Dispecherlik nazorati va ma`lumotlar yig`ish tizimi (SCADA), shuningdek, energetika ob`ektlarida axborot texnologiyalari tizimini modernizasiyalash tizimini (EMS) boshqarishga qaratildi.

Muzokaralar yakunida “O`zbekenergo” AJ Boshqaruvi raisining o`rinbosari Shuhrat Sheraliev hamda Janubiy Koreyaning “KERSO” kompaniyasi Bosh ijrochi vise-prezidenti janob Hyang-reol Lyu o`rtasida hamkorlikka oid kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjat Dispecherlik sohasini o`rganish va bu yo`nalishda tajriba almashish, shuningdek, O`zbekistonda SCADA/EMS energetika tizimini joriy etish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa xalqaro institutlar bilan moliyaviy masalalarni hal etishni nazarda tutadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1