1

​Xorij muzeylaridagi o`zbek madaniyati va tarixi bilan bog`liq eksponatlarning ahamiyati oshmoqda

Madaniyat 23.11.2017, 13:00
​Xorij muzeylaridagi o`zbek madaniyati va tarixi bilan bog`liq eksponatlarning ahamiyati oshmoqda

Ekaterina Teryukova Aleksandrovna, Sankt-Peterburg shahridagi Davlat din tarixi muzeyining ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari:

— Rossiya davlat din tarixi muzeyi mamlakatda yagona bo`lib, Sankt-Peterburgning tarixiy markazida joylashgan. Muzeydagi doimiy ekspozisiyalar va vaqtinchalik ko`rgazmalar insoniyat madaniyati – dinining noyob hodisa va tushunchalari haqida so`zlaydi.

Muzey kolleksiyasi xilma-xil va keng ko`lamli bo`lib, shubhasiz, unda O`zbekiston madaniyati va tarixi bilan bog`liq predmetlar munosib o`rin egallaydi.

Muzey jamoasining «Dunyo to`plamlarida O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasidagi ishtiroki muzey jamlanmasining aynan shu qismini yanada chuqur o`rganishga sabab bo`ldi. Ishonamizki, bu uning ahamiyati va ommaviyligini oshiradi.

28-29 noyabr kunlari Toshkentda o`tadigan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” media-forumi ishtirokchilariga unum, loyiha tashkilotchilariga esa boshlagan ishlarida omad tilaymiz!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1