1

EGIZAKLAR ShAHRIGA XUSh KELIBSIZ!

Rekord 25.11.2017, 14:30
EGIZAKLAR ShAHRIGA XUSh KELIBSIZ!
Braziliyaning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan Kandido Godoy jumboqlar shahri sanaladi. O`zingiz tasavvur qiling: har ikki qo`shnining birida egizaklar tug`iladi... Bo`lishi mumkin emas, deysizmi, shoshilmang.

Bu erdagi 80 nafar oilada 44 nafar egizak tug`iladi. Ana shu sabab ham Kandido Godoy “egizaklar poytaxti” degan nom olgan.

Olimlar haligacha buning sirini bilolmay ovora: aynan qaysi gen egizaklar tug`ilishiga sabab bo`larkan? Ammo argentinalik tarixchi Xorxe Kamarasning tasdiqlashicha, Ikkinchi Jahon urushi davrida Osvensim konslageridagi asirlikdan qutulgan nasist shifokori Yozef Mengele odamlar ustida tajriba olib borishni davom ettirgan, ehtimol aynan uning olib borgan amaliyotlari sabab Kandido Godoyda egizaklar tug`ilayotgan bo`lishi mumkin.

“Braziliyada Mengel Kandido Godoy shahriga veterinar va shifokor qiyofasida tashrif buyurganidan keyin hududda egizaklar tug`ilishi birdaniga ko`paygan”, deb yozgan tarixchi o`zining “Mengel: Janubiy Amerikadagi O`lim farishtasi” kitobida. Tarixchining taxminicha, shahar Mengelning malla sochli va ko`k ko`zli oriylarni ko`paytirish orzusini ro`yobga chiqarish uchun “laboratoriya” vazifasini o`tagan.

Bu taxminning haqiqatga yaqinligi shundaki, mazkur shaharda tug`ilayotganlarni bir-biridan farqlash mushkul: ular aynan tarixchi ta`riflaganidek, hammasi bir xil — mallasoch va ko`k ko`zli egizaklar. Nima bo`lganda ham hali bu shaharning jumbog`i echimini topgani yo`q, olimlar izlanishda davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1